Oliy maktab tarixi

Tashkil topishi

Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi 2024-yilda tashkil etilgan.

Rivojlanish bosqichlari

  • 2024-2025 yillar: Oliy maktabning tashkil topishi va dastlabki faoliyati
  • 2025-2026 yillar: Xalqaro hamkorlikning rivojlanishi
  • Tarjima, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabida 2025-2026: oʻquv yilida 21 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 7 nafari fan doktori (6 professor, 1 dotsent), 4 nafari fan nomzodi (1 professor, 3 dotsent), 5 nafari falsafa doktori (3 nafar dotsent, 2 nafar katta oʻqituvchi), 1 nafar madaniyat xodimi, dotsent, 1 nafar oʻqituvchi va Oʻzbekistonda xizmat qilgan 3 nafar stajyor-oʻqituvchidir. Oliy maktabning ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Oliy maktabda 60230200 – “tarjima nazariyasi va amaliyoti” (sharq tillari boʻyicha), 60320100 – “Jurnalistika: Xalqaro jurnalistika” (sharq tillari boʻyicha), 61010500 – “yoʻlboshchi va talqin faoliyati” (sharq tillari boʻyicha) va 70230201 – “qiyosiy tilshunoslik, lingvistik talqin” (sharq tillari boʻyicha), 70230202 – “sinxron tarjima” (sharq tillari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishlari mavjud. Oliy maktabda arab, fors, turk, hind, urdu, dariya, xitoy, yapon, koreys, indonez, malay tillari o’qitiladi. O’rta maktab o’quvchilari bir qator xalqaro va nomsiz Davlat stipendiyalari sovrindorlari. Xususan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Ogahiy rektor stipendiyasi, Yaponiyaning Mitsubishi Corporation tashkiloti tomonidan ajratilgan stipendiya qo’lga kiritildi. Talabalarimiz Markaziy Osiyoda yapon, xitoy notiqlik tanlovida yuqori natijalarga erishdilar. Shu bilan birga, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, arab davlatlari, Indoneziya kabi davlatlarda bakalavr, magistratura va til kurslarida o’qish uchun ta’lim grantlarini yutib olish orqali chet elda bilim olishda davom etmoqdalar. Talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar ham xorijiy mamlakatlarda uzoq va qisqa muddatli amaliyot o’tamoqdalar.

Oliy maktabning hamkor tashkilotlari

Oliy maktab O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti “Ipak yo’li” xalqaro turizm universiteti Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Lal Bahadur Shastri hind madaniyat markazi “Dunyo bo’ylab” DUK telekanali O’zbekiston Milliy teleradioeshittirish korporatsiyasi “O’zbekiston-24” telekanali O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Tong yulduzi” jurnali Muhammad Yusuf jamoat fondi “Oltin qalam” gazetasi TDSHU qoshidagi Yunusobod xorijiy tillar akademik litseyi O’zbekiston Respublikasi FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O’zbek-Hindiston turizmini rivojlantirish assotsiatsiyasi O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Toshkent xalqaro islom akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Turkiya Respublikasi TRT tashkilotining O’zbekistondagi ofisi TIKA xalqaro tashkiloti. va boshqa davlatlarning yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Har yili professor-o'qituvchilar va talabalar xorijiy universitetlarda stajirovka va almashinuv dasturlarida qatnashadilar.